29/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1-sentabr holatiga Farg‘ona tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 474 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 724 ta ni tashkil etilib, 230 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi - 106 ta

Sanoat – 230 ta

Qurilish – 113 ta

Savdo – 593 ta

Tashish va saqlash – 53 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 96 ta

Axborot va aloqa – 11 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 86 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 456 taga to‘g‘ri keldi.