Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1-sentabr holatiga Furqat tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 526 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 995 ta ni tashkil etilib, 149 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi - 37 ta
Sanoat – 172 ta
Qurilish – 47 ta
Savdo – 369 ta
Tashish va saqlash – 21 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 50 ta
Axborot va aloqa – 5 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 43 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 251 taga to‘g‘ri keldi.




