Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 974,2 ming AQSH dollari qiymatidagi 616,3 tonna sarimsoq piyoz eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 333,9 tonnaga ko‘pdir.