Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasiga 2026- yil yanvar–avgust oylarida jami 49 ta murojaat kelib tushgan.
33 ta — yuridik shaxslardan
16 ta — jismoniy shaxslardan
Murojaatlarning 47 tasi ijobiy hal etilgan, 2 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan.
Murojaatlarni qabul qilish kanallari:
sayyor qabul — 17 ta
to‘g‘ridan-to‘g‘ri — 18 ta
mas’ul xodim qabuli — 5 ta
ishonch telefoni — 4 ta
rahbariyat qabuli — 3 ta
elektron pochta — 2 ta
Asosiy masalalar:
statistik hisobotlar — 16 ta
davlat registri va statistik kodlar — 14 ta
statistik ma’lumotlar — 9 ta
arxiv ma’lumotlari — 6 ta
aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — 4 ta
Eng ko‘p murojaat Farg‘ona shahri — 13 ta hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yig‘ilishda murojaatlarni ko‘rib chiqish sifatini oshirish, yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ijroni nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.




