07/10/2025

Vitamin A — bu yog‘da eruvchi muhim vitamin bo‘lib, organizmda ko‘plab jarayonlar uchun zarur hisoblanadi. U ayniqsa ko‘rish, immun tizimi va teri salomatligi uchun katta ahamiyatga ega.

Ko‘rish uchun foydali
• Retina (ko‘z to‘r pardasi)da “rodopsin” deb ataluvchi modda hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
• Kechasi yoki xira yorug‘likda yaxshi ko‘rishga yordam beradi.
• Vitamin A yetishmasa, “tun ko‘rligi” (kechasi yomon ko‘rish) paydo bo‘ladi.

Immun tizimini mustahkamlaydi
• Tana to‘qimalarini infeksiyalardan himoya qiladi.
• Virus va bakteriyalarga qarshi tabiiy himoya tizimini faollashtiradi.

Teri va shilliq qavatlar salomatligi
• Teri hujayralarining yangilanishini tezlashtiradi.
• Yara va jarohatlarning tez bitishiga yordam beradi.
• Akne (ugri) muammolarini kamaytiradi.