Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Yozyovon tumanida 210 ta sanoat korxonalari tomonidan 273,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 106,3 % ni tashkil etdi.