Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari 2026- yil 15- yanvardan 28- fevralga qadar o‘tkaziladi. Mazkur tadbirni sifatli o‘tishda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan mahalla fuqarolar yig‘inilarining o‘rni katta.
Xususan, joriy yilning 7- oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Ahadjonov hamda mazkur bo‘limga yangi ishga olingan xodimlar Farg‘ona shahridagi “Yormazor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ushbu tadbirni sifatli va shaffof o‘tkazilishiga “mahalla yettiligi” o‘rni katta ekanligi tushuntirildi.
Farmonga ko‘ra, mazkur tizimida ishlovchi xodimlarni 202-5 yil 15- dekabrdan 2026- yil 1- martgacha bo‘lgan davrda ro‘yxatga olish tadbiriga jalb etish orqali o‘tkazilishi, shu jumladan, mahalla faollari mahalla xaritasini qayta ko‘rib chiqish, xonadonlarning raqamlashtirish ishlari, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, mahalla aholisini mazkur tadbirda faol ishtirokini hamda beriladigan ma’lumotlar shaffof va haqqoniyligini ta’minlash borasida hamkorlikda ishlarni amalga oshirish haqida kelishib oldilar.
Axborot xizmati.