09/10/2025

Joriy yilning 8-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi mahallalar uyushmalari Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi olis hududlardagi 28 ta mahalla fuqarolar yig‘inining “mahalla yettiligi” faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarning asosiy masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoniga bag‘ishlandi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosalari Sh. Zokirov, O‘zbekiston Respublikasi mahallalari uyushmalari Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U. Mamasidiqov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A. Abdurazakov, viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Nurmatov hamda boshqarma Axborot xizmati bosh mutaxassisi B. Maksudovalar qatnashdilar.

Kut tartibida qo‘yilgan asosiy masala yuzasidan mutaxassislar ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etish, jumladan, mahalla xaritasini qayta ko‘rib chiqish, xonadonlarning raqamlashtirish ishlari, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, mahalla aholisini mazkur tadbirda faol ishtirokini hamda beriladigan ma’lumotlar shaffof va haqqoniyligini ta’minlash borasida hamkorlikda ishlarni amalga oshirish haqida kelishib oldilar.

Axborot xizmati.