16/10/2025

Roʻyxatga olish - Oʻzbekiston Respublikasi aholisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish, aholi soni va tarkibini joriy hisob-kitob qilish, mehnat resurslarining joylashuvi va foydalanilishini oʻrganish, hududlarda qishloq xoʻjaligining tarkibiy holatini baholash, qishloq xoʻjaligi faoliyatiga xizmat qiluvchi infratuzilmani rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlari tahlili natijasida qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqish va pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda indikativ rejalashtirish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi.

Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yildagi tavsiyalari kora, aholini ro‘yxatga olish har 10 yilda, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish har 5 yilda o‘kazilishi belgilangan.

Shu bos O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-son Farmoni qabul qilindi.

Bugungi kunda mazkur tadbirni sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlari hamda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Xususan, ayni damda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlari, oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladigan mahalla fuqarolar yig‘inining “yettiligi” va boshqa tashkilot vakillari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.

Seminarda Milliy statistika qo‘mitasining vakillari X. Jo‘rayev hamda B.Yo‘ldoshevlar qatnashib, mazkur tadbirning huquqiy asoslari, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida Yevropa statistiklari tavsiyalari asosida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishdan iboratligi, aholi va qishloq xo‘jaligining o‘sish tendensiyalarini hududlar kesimida aniq hisob-kitob qilgan holda ijtimoiy soha obyektlarini kengaytirishga yo‘naltirilayotgan mablag‘ning manzilli sarflanishini ta’minlash va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha tushunchalar berdilar.

Shundan so‘ng seminar qatnashchilariga internet orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi va qoidalari test rejimida ishlayotgan platforma orqali ko‘rsatib tushuntirib berilmoqda. Bizni kuzating.

Axborot xizmati.