11/02/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va 2026-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 32-son qarori o‘rganilmoqda. Qarorda talabalar yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi, alohida shartlar quyiladi va ariza muddatlari, ariza berish tartibi, komissiya ishlash tartibi ayrim ma’nolarda o‘zgartirilgan. Shuningdek, fanlar majmuasida chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 darajali sertifikat ega bo‘lgan abituriyentlarga 75%, B2 va yuqori darajada sertifikatga ega bo‘lganlarga esa maksimal ball berilishi belgilangan. Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi ma’ruza ham o’tkazilgan.

Joriy yilning 30-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi bosh yurist konsulti A.Nurmatov ochib, 2026-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-son qarori qabul qilinligi, nizomga ko‘ra, davlat oliy ta’lim tashkilotlarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplab berilishi, talabaning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar-joylaridagi yashash xarajatini qoplab berish uning oilasi Ijtimoiy reyestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan sanadan boshlab, 12 oy davomida saqlanib qolishi, talabalar ustuvorlik asosida, navbatsiz davlat oliy ta’lim tashkilotining talabalar turar joyiga qabul qilinshi, ariza beruvchi mazkur masalada o‘zi ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotining rektori (filial direktori) nomiga oyning 7-sanasiga qadar ariza bilan murojaat qilib, ariza beruvchi mustaqil ravishda komissiyaga kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborishi ham mumkinligi, ariza tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba yuborilishi, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari (mas’ullar) 1 kun muddatda elektron tarzda yuborilgan arizalarni umumlashtirgan holda belgilangan tartibda komissiyaga taqdim etilishi belgilanganligi, mas’ullar tomonidan taqdim etilgan arizalar 1 kun muddatda komissiya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinishi haqida soz yuritdi.