11/02/2026

Farg‘ona viloyati hokimining 2026 yil 2-fevraldagi 64-01-50-son Farg‘ona viloyatidagi korxona va tashkilotlarda giyohvanldlikka qarshi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish yuzasidan reja-jadval ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda Farg‘ona davlat universiteti doktoranti A.Maxmudov hamda narkolog shifokor F. Toxirovlar qatnashdi. Ular o‘z so‘zida, keyingi paytlarda yoshlarimiz orasida kuchli ta’sir qiluvchi va tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalariga qaramlik illatiga ruju qo‘yish holatlari ko‘p kuzatilayetganligib bu illat yosh oilalarning barbod bo‘lishiga, bolalarning tirik yetim qolishiga zomin bo‘layotgani, bugungi kunda giyohvandlik dunyo jamoatchiligini xavotirga soladigan darajada yoyilib ketayotganligi, oxirgi 20 yilda ko‘p mamlakatlarda giyohvandlik vositalari bilan birga psixotrop va psixofaol moddalarni iste’mol qiluvchilarning soni oshib borayotganligi, ushbu illatning yoshlar orasida ommalashishi juda xavfli ekanligi, bu illatning ko‘payib ketishini o‘smirlarning har xil narsalarga qiziquvchanligi, tez ta’sirga beriluvchanligi, ularning ushbu kasallik tufayli kelib chiqayotgan asoratlarni bilmasligi hamda aholi orasida giyohvand vosita yoki giyohvandlik kasalligi to‘g‘risidagi axborotlarning kamligi ekanligi haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, ushbu illatning oldini olish uchun avvalo, xastalikning sabab bo‘luvchi omillarini bartaraf etish, xususan, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni sportga jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini umuminsoniy qadriyatlar va milliy g‘urur hissi bilan boyitish ham hayotiy zarurligi, yoshlarni dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan bir paytda, ularni aldov yo‘llari bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotganlar borligshi, o‘z hamyonini qappaytirish ilinjida og‘uni voyaga yetmagan yoshlar orasida tarqatib, uni iste’mol qilishga targ‘ib qilayotganiga jim qarab turib bo‘lmasligi, giyohvandlikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishi emas, hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi kerakligi uqtirib o‘tildi. Mamlakatimizda narkologik kasalliklarning oldini olish, tashxislash va davolash, ularga chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.


Axborot xizmati.