02/07/2026


Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 33,3 mln nafari shaxsiy yakka tartibdagi hovlilarda istiqomat qiladi.

 Bu jami aholining 85,3 foizini tashkil etadi.


 Aholining yashash joyi turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

shaxsiy yakka tartibdagi hovlilarda yashovchilar — 33,3 mln kishi (85,3 foiz);

ko‘pqavatli uylardagi xonadonlarda yashovchilar — 4,8 mln kishi (12,4 foiz);

boshqa turdagi turar joylarda yashovchilar — 927,3 ming kishi (2,3 foiz).

 Boshqa turdagi turar joylarga dala hovli, yotoqxona, mehmonxona va boshqa yashash joylari kiradi.