Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida sanoat korxonalari tomonidan 1 621,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Shundan, 129,7 mln kVt·soat elektr energiyasi hamda 499,2 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.
Hisobot davrida elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 87,3 %, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish esa 84,2 % ni tashkil etdi.




