10/07/2026

2026-yil uchun shakllantirilgan "Sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi milliy reytingi" natijalariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati respublika hududlari orasida 1-o‘rinni egalladi.

Reyting investitsiyalarni jalb qilish, raqamlashtirish, dori vositalari ta’minoti, tibbiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik, kadrlar salohiyati, davlat dasturlari ijrosi hamda aholiga elektron xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi kabi asosiy mezonlar bo‘yicha baholandi.

Yakunlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyati 6,0 ball to‘plab, "yuqori" toifada e’tirof etildi.

Mazkur natija Farg‘ona viloyatida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.