Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar orasida Xitoy yetakchi o‘rinni egallab, ularning soni 239 tani tashkil etdi. Bu jami xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faol korxonalarning 36,9 % iga teng.
Shuningdek, viloyat iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan davlatlar orasida Rossiya Federatsiyasi (17,8 %), Turkiya (10,4 %), Janubiy Koreya (4,9 %) hamda Qirg‘iz Respublikasi (4,6 %) ham salmoqli ulushga ega.




