13/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Quva tumanida 277,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 112,6 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sganini ko‘rsatdi.

 2026-yil 1-iyun holatiga Quva tumanida 277 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu hududning sanoat salohiyatini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.