23/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning 1- iyun holatiga Furqat tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 968 tani tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar–may oylarida tumanda 280,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,2 foizni tashkil etib, tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan oshganini anglatadi.

Hisobot davrida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan 373,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati 116,4 foizni tashkil qildi.

Chakana savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,7 foizga, ulgurji savdo aylanmasi esa 116,9 foizga yetdi.

Tumanda qurilish tashkilotlari tomonidan 81,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 128,4 foizni tashkil etdi.