31/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida xizmatlar eksporti hajmi 8,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, jami eksportning 1,8 % ini egalladi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 14,0 % ga shdi.

Xizmatlar eksportida eng katta ulush kompyuter va axborot xizmatlari (35,3 %) hamda transport xizmatlari (35,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, safarlar (turizm) xizmatlari 16,5 % va moliyaviy xizmatlar 14,1 % ulushni tashkil etdi.