Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga ulgurji savdo sohasida 4 668 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritgan. Shundan 33 tasi yirik korxona, 4 635 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalardir.
Hisobot davrida viloyatda ulgurji savdo tovar aylanmasi 22 952,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,6 % ga oshdi.
Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo hajmi 21 584,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 % ga o‘sib, jami ulgurji savdo aylanmasining 94,0 % ini tashkil qildi.
Yirik korxonalar ulgurji savdo aylanmasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Dang‘ara tumanida 802,9 marta va O‘zbekiston tumanida 45,2 marta qayd etildi.




