31/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida So‘x tumanida asosiy kapitalga 85,5 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar 54,8 % ulush bilan asosiy manba bo‘ldi.

Qolgan investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 Aholi mablag‘lari — 18,2 %

 Respublika budjeti mablag‘lari — 17,8 %

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 8,9 %

 Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgarmasi – 0,3 %