01/06/2021

Joriy yilning 28-may kuni barcha joylardagi kabi Bag‘dod tumaniga qarashli 35-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda tuman statistika bo‘limining mutaxassisi K.Imomov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi va ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi — 25 kun  davom etishi haqida gapirdi. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi  shu va boshqa ma’lumotlarni berdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech