28/06/2022

Kuni kecha Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgust kunidagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 670-1-sonli qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6257-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirish bo‘yicha  yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsult D.Teshaboyev so‘zga chiqib, mazkur qonunning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosbatlarni  tartibga solish, ushbu Qonun xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

photo2022-06-3009-46-20
photo2022-06-3009-46-17
photo2022-06-3009-46-20 photo2022-06-3009-46-17

Bundan tashqari mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilayotganligi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hmda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilayotganligi, ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi, davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi haqida gapirar ekan, u xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maqsadida:

-mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilganligi,

-korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilanganligi,

-bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etishlari alohida belgilab qo‘yilganligi.

-agentlik tomonidan «Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri» yuritilishi ta’minlanishi alohida belgilanganligi shu va boshqa ma’lumotlar haqida keng va atroflicha tushuncha berib o‘tdi.

Axborot xizmati.