So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 13-dekabr kuni Quva,  Beshariq, Oltiariq, Dang‘ara tumanlarining statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanda shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabr holatiga viloyat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 48 480 tani tashkil etdi.

Barcha joylardagi kabi Qo‘shtepa tumanida ham joriy yilning 15-dekabr kuni tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Yunusova tomonidan Qo‘shtepa tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Narxlar statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i M.Umarov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i  Sh. Mamadaliyev, Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i V.Mirzayevlar  ishtirokida nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha “Iste’mol narxlari indeksi” oylik kuzatuvi o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabr holatiga viloyat bo‘yicha qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 912 tani tashkil etdi.

Barcha joylardagi kabi joriy yining 15-noyabr kuni Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinov tomonidan ham Qo‘qon shahar chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabr holatiga viloyat bo‘yicha MDH davlatlarining kapitali ishtirokidagi faoliyat korsatayotgan korxonalar soni e’lon qilindi.

Kuni kecha ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasining 2022-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimining maslahatchisi, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, viloyatdagi davlat idoralari rahbarlari hamda komissiya a’zolari ishtirok etdilar. 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabr holatiga viloyat bo‘yicha sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 10 946 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  F.Qo‘chqorova tomonidan Farg‘ona tumanidagi bozorlarda 4-jsh (choraklik) savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabr holatiga viloyat bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida jami 2 449ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 15-dekabr kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi F. Qo‘chqorova tomonidan Uchko‘prik tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 52 328 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 13- dekabr kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Immatov tomonidan tumanda shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabr holatiga viloyatda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 51 608 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 14-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Nabiyevlar tomonidan tumanda joylashgan Oltiariq dehqon bozorida 5 narx bozor - dehqon bozorlarda narxlarni roʻyxatga olish kuzatuvi o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabr holatiga viloyat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 55 155 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 14-dekabr kuni  Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Isroilov tomonidan  Farg‘ona tumani chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.