Joriy yilning 6-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i L.Asqarov, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘i Sh.Mamadaliyev kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni yoqlab ovoz bergani, shu bilan bir qatorda, Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganini ifoda etishi, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng L. Asqarovga o‘z so‘zida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai», degan norma belgilab qo‘yilgan, bu norma timsolida O‘zbekiston Respublikasida jahon miqyosida umume’tirof etilgan xalq hokimiyatchiligi prinsipi, ya’ni xalq suverenitetning tashuvchisi va davlat hokimiyatining yagona manbai ekanini anglatuvchi tamoyil mustahkamlab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda Yangi O‘zbekiston — inson sha’ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan davlat bo‘lishi, xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi, «odamlar tashvishi bilan yashash», xalqimizning qonuniy talab-istaklari va xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish davlat organlari faoliyatini baholashning eng muhim mezoniga aylanishi, barcha muhim qarorlar aholi ishtirokida, fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuv asosida qabul qilinishi kabi prinsip va g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida ma’ruza qildi.
Bundan tashqari qonun chiqaruvchi va ijro organlaridan inson huquqlarini ta’minlash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament va siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, hokimiyat tarmoqlarini tiyib turish va muvozanatni saqlashda parlament rolini oshirish, davlat xizmatlari sifati va samaradorligini yaxshilash, davlat organlari faoliyatining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratish talab etilganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati.