Joriy yilning 22- dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida Farg‘ona Politexnika instituti talabari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonunini mazmun va mohiyati tushuntirish bo‘yicha ma’ruza qildi.
Xususan, ma’ruzachi o‘z so‘zida, milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda isloh qilinishi, mamlakatdagi rasmiy statistik ma’lumotlarni tayyorlovchi barcha organlarning statistika sohasidagi faoliyati tartibga solinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligi hamda rasmiy statistikani tayyorlovchi boshqa idoralarning bu sohadagi professional mustaqilligi ta’minlanishi, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishi, rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasidagi islohotlarning natijadorligi belgilanishi qonunning asosiy maqsadi etib ko‘rsatib o‘tilganligi haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqar, o‘z navbatida, ushbu erishiladigan barcha natijalar keng jamoatchilik, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy investorlarni O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi dolzarb, ishonchli va sifatli statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash hamda mamlakatimizning turli xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlashga muhim zamin yaratilatiyganligini alohida ta’kidlab o‘tildi.
Notiq kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan ma’ruza qilar ekan, u xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–883-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida gapirib, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuzilishi, Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanishi, partiya ro‘yxati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin, ushbu ro‘yxatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini olinishi va ularga guvohnoma berilishi, partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bo‘lishi mumkinligi, boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emasligi, deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanishi, ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, shuningdek partiya ro‘yxati asosida siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerakligi, bunda partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozimligi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining 7 va undan ko‘proq foizini to‘plagan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Seminar so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.