26/02/2024

Joriy yilning 23-fevral kuni Qo‘qon shahar statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-899-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 01-fevral kungi “Pedogogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonunlarining mazmun – mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan ma’ruza qildi.

Xususan, ma’ruzachi o‘z so‘zida ushbu Qonunda kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasi va noqonuniy mayning faoliyati uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari joriy etilganligi, mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirganlik, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilganligi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga jabrlanuvchining axborot resurslarini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish yo‘li bilan tovlamachilik qilganlik, shuningdek kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga dastlabki tergovni va surishtiruvni amalga oshiruvchi organ aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilganligi, Qonun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan yangi turdagi jinoyatlarning oldini olishga hamda sodir etiladigan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilishi haqida atroflicha tushuncha berdi.

Bundan tashqari joriy yilning 1- fevral kuni “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ–901-son Qonunida pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilanganligi, pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktirilishi, pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinish, pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilinishi, pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish taqiqlanganligi haqida so‘z yuritildi. Yig‘ilish so‘ngida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iborat ekanligi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun jinoiy, ma’muriy, intizomiy, moddiy javobgarlik turlari nazarda tutilganligi tushuntirildi.