02/04/2024

Joriy yilning 29-mart kuni Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi xodimlari  ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib,  kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respbulikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-919-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-son farmonining mazmun – mohiyati va ahamiyatini tushuntirar ekan, u xususan, mazkun qonunni qabul qilinishi keyingi yillarda respublikamizda yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish, fuqarolar hayoti hamda sog‘lig‘ining, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar mulkining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash imkoniyatini beruvchi yaxlit yong‘in xavfsizligi tizimini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tushuntirish va profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish bilan bir qatorda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashdagi mutanosiblik va yetarlilikning konstitutsiyaviy prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq ayrim ma’muriy javobgarlik choralarini liberallashtirish shu  va boshqa ma’lumotlar haqida so‘z yuritdi. 

  

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-son farmonining mazmun – mohiyati va ahamiyatini tushuntirar ekan, u o‘z so‘zida jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida 33 ta funksiya va vakolatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazilganligi, davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish, atmosfera havosiga ta’sir etuvchi korxonalarni qurish joylarini, chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joylarni belgilash, yo‘lovchi va yuk tashish tariflari, jumladan fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar, tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va boshqalar haqida ma’ruza qildi.

  Yig‘ilish so‘ngida “Korrupsiya - jamiyat kushandasi” mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurganligi, buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkinligi, mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlari belgilangan Harakatlar strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishida bevosita korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilanganligi haqida so‘z yuritildi.