08/04/2024

Joriy yilning 5-aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Farg‘ona viloyat boshqarmalar va tashkilotlar huquqshunoslar va inson resurslari bo‘yicha rahbarlari ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

 

 

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respbulitkasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-915-son qonunining mazmun – mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Xususan, mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bunday yordam ko‘rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, ushbu Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga xizmat qilishi, Qonunga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining yigirma to‘rt soat ichida ishga kirishish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etishi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqli ekanligi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi haqida shu va boshqa ma’lumotlar yetkazildi. Yig‘ilish so‘ngida kun tartibiga qo‘yilgan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi ma’ruza tinglandi.

Jumladan, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatni ich-ichidan yemirib, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib kelishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida 2017-yil yanvarda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit tizimni yaratish imkonini berganligi, huquqbuzarliklar profilaktikaning asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarlikarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat ekanligi haqida keng va atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Axborot xizmati.