23/04/2024

Joriy yilning 19-aprel kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining shahar Kengashi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib,  kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining mazmun – mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi.

U o‘z so‘zida qarorda mko‘rsatilgan  Davlat statistika qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tashkil etilganligi, statistika Agentligi tizimining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tuzilmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni                  1 722 nafar, shu jumladan Agentlik direktori o‘rinbosarlari soni 2 nafar hamda ishlab chiqarish xodimlarining umumiy cheklangan soni 141 nafar etib belgilanganligi, statistika Agentligining markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalarining 194 nafar shtat birliklari maqbullashtirilganligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini ta’minlash maqsadida rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma’lumotlarining Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantirilishi,  Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo‘yicha qo‘llanmalarni to‘liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko‘rilishi, rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ma’qullangan qo‘llanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qo‘llanmasi ishlab chiqilganligi, xalqaro ekspertlarni keng jalb etgan holda milliy statistika tizimini global baholashdan o‘tkazish tashkil etiladi va natijalari e’lon qilinganligi, shuningdek, qaror bilan Statistika agentligi huzuridagi Statistika kengashi yangilangan tarkibda tashkil etilib, uning vakolat va majburiyatlari mustahkamlab qo‘yilganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi. 

Shu bilan birga statistika Agentligi rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishi, rasmiy statistika sohasidagi dasturlarning ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini va ularni mamlakatning boshqa maqsadli dasturlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash choralarini ko‘rishi, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ko‘p yillik statistika dasturi hamda Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshirishi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita bo‘ysunishi va unga hisobot taqdim etishi, davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlarining bajarilishi to‘g‘risida esa har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot berib borishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, kun tartibidagi navbatdagi masala “Korrupsiyaga qarshi kurashish –davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil” mavzusidagi ma’ruza yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurganligi, buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkinligi, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda O‘zbekiston islohotlarining asosiy hujjati hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining ahamiyati katta hisoblanishi, mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlari belgilangan strategiyaning Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishida bevosita korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilanganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.