Joriy yilning 27-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-57-son Qonunining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur qonunga ko‘ra, mazkur qaror ijrosiga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 iyundagi “Jismoniн shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilash to‘g‘risida” 247-son qarori qabul qilinganligi, mazkur qarorlarga asosan, 2023- yil 1- apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa — o‘n yil muddatga ozod etilishi, 2023-yil 1-martdan boshlab yagona elektr energetika tizimiga ulanish uchun berilgan texnik shartlarda ko‘rsatilgan quvvatdan yuqori bo‘lmagan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda qo‘shimcha texnik shart olish talab etilmasligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat organiga va (yoki) hududiy elektr tarmoqlariga o‘rnatilgan tariflarda, boshqa iste’molchilarga o‘zaro kelishilgan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilganligi, boshqa shaxslarga tegishli obyektlarda ijara huquqi asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatib, ushbu qurilmalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishga ruxsat berilishi, 2023- yil 1- apreldan boshlab respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat budjetidan 1 000 so‘mdan subsidiya ajratilishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - “Boshqarma tizimida manfaatlar to‘qnashuvi va hisobot davrida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida, statistika organlari xodimlarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish orqali ularning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, xodimlarning odob-axloq qoidalariga, yuksak xulq-atvor me’yorlariga sodiqligiga erishish, statistika tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarlikni barvaqt aniqlash, oldini olish hamda keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash, avvalom bor, xodimlarlardan fuqarolar bilan muloqatda xushmuomala bo‘lish, har qanday korrupsiyaviy holatlarni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik talab etilishi, vaxolanki, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi – korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan xodimlar o‘zining mavqei va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Markaziy bankning ichki hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi, rahbar xodimlarning shaxsiy namunasi tamoyili – Markaziy bankning markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalari hamda tasarrufidagi tashkilotlar rahbar xodimlari o‘zining korrupsion xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish pozitsiyasini namoyon etishi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.
Axborot xizmati.