Joriy yilning 18- oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov so‘zga chiqib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-155-sonli Farmonining mazmun – mohiyati va ahamiyatini yuzasidan ma’ruza qildi. Farmonga ko‘ra, 2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha samaradorlikni oshirish uchun er uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash, o‘rmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish, geologiya sohasida yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash, mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo bo‘lgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash, suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish, qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini o‘rganish, ekinlarning turlari hamda suv iste’moli hajmlarini aniqlash davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanganligi, 2025- yil 1-martdan yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshirilishi haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarori qabul qilinganligi, qarorga ko‘ra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshirilishi, shuningdek, ushbu qaror bo‘yichaga dastur ishtirokchilariga qiymati 50 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lgan xorijiy venchur jamg‘armalardan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga mazkur investitsiyaga teng miqdorgacha bo‘lgan, biroq 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda investitsiya mablag‘larini ajratish, 5 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritayotgan hamda kamida 100 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilgan yetakchi xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizigacha bo‘lgan, biroq 50 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda, patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari shu va boshqa ma’lumotlar berildi.