19/11/2024

Joriy yilning 11-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi “Qishloq ho‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi O‘RQ-995—son Qonunining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi kooperativining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti hisoblanishi, kooperativ qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqi berilishi, 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativ ustavi talablariga javob beradigan yuridik shaxslar kooperativ a’zolari bo‘lishi mumkinligi, kooperativ a’zolarining reyestri kooperativ boshqaruvi tomonidan yuritilishi va unda kooperativning har bir a’zosi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilishi, davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emasligi haqida ma’ruza qildi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-996—son Qonunining mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tildi. Qonunga ko‘ra, jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya qilish, ta’qib etish va boshqa bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllari taqiqlanishi hamda qonun bilan ta’qib qilinishi, davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘rishi, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari belgilanganligi, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yiganligi, shunga ko‘ra, himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan berilishi va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshirilishi, himoya orderi 30 kun muddatgacha berilishi va rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kirishi  shu va boshqa ma’lumotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari o‘quv-seminari davomida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha ko‘rgazmali tarzda tushuntirish berildi.