Tashkiliy-huquqiy shakl deganda, subyekt tomonidan mulkning biriktirilishi, shakllantirilishi va undan foydalanish usuli hamda uning bundan kelib chiquvchi huquqiy holati va faoliyat maqsadi tushuniladi.
Shuningdek, quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda foydalaniladi:
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan registr, reyestr va kadastrlarning axborot resurslarini shakllantirish
Tashkiliy-huquqiy shakllar doirasida statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish
Idoralararo axborot almashinishini ta’minlash
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarni tahlil qilish va prognozlashtirish.