Joriy yilning 20-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – “Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-443-son Prezident qarorining mazmun va mohiyatini tushunturush bo‘yicha ma’ruza qildi. U xususan, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanganligi, 2025/2026- o‘quv yilidan boshlab sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etilishi, sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etilishi, har bir ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta’lim muassasalari biriktirilishi, ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner o‘ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazib borishga mas’ul hisoblinishi haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 849-sonli hukumat qarori qabul qilinganligi. Qarorda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy bo‘limi tashkil etilishi, 2026-yil 1-iyungacha Sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan davlat standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar, shuningdek, yuqori malakali professional kadrlar bilan ta’minlash choralari ko‘rish, Sud ekspertiza markazida iste’mol mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligi va ichimlik suvining tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshiruvchi Iste’mol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasini tashkil qilish, Sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limlarida ekspertiza va tadqiqot turlari bosqichma-bosqich joriy etilishi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - “ Korrupsiyani oldini olish – eng muhim masala. Hisobotlar olish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusida ma’ruza tinglandi. Ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rta muddatli istiqbolda sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish, davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro‘yxatini belgilash, davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi.