Joriy yilning 3-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari sharhiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1016-son Qonunini mazmun-mohiyatini va ahamiyatiyuzasidan ma’ruza tinglandi. Unga ko‘ra, mazkur yangi tahrirdagi «Davlat sirlari to‘g‘risida»gi qonun 2025-yil 29-martdan kuchga kirishi, hujjat bilan davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilanganligi, avvalgi qonun 1993 yilda qabul qilinganligi, shuning uchun bu sohadagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘lganligi, qonunning eski versiyasida davlat sirlarini himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi, ma’lumotlarni maxfiylashtirish va davlat sirlaridan foydalanishga ruxsat berish muddatlari belgilanmaganligi, shu sababli davlat sirlaridan foydalanish va muomala qilishning huquqiy asoslari turlicha talqin qilinganligi, bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining maxfiy qarorlari asosida davlat sirlari bilan ishlash va ularni muhofaza qilish, maxfiylikni ta’minlash va maxfiy rejimda ishlashni tartibga solish tartibi tasdiqlanganligi, ushbu qarorlarning maxfiyligi sababli O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat sirlaridan foydalanish huquqlarini yetarli darajada bilmasliklari, shuningdek, amaldagi qonunda davlat sirlari bilan tanishish uchun ruxsat berish tartibi, maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati, davlat sirlarini boshqa davlatlar bilan o‘zaro almashish mexanizmini tartibga solish, hujjatda davlat sirlarini saqlash sohasidagi yagona davlat siyosati prezident tomonidan belgilanishi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati va davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning sohadagi vakolatlarini aniq belgilab berilganligi haqida shu va boshqa ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, kun tartibidagi ikkimchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabr kungi “Mamlakatning ijtimliy, siyosiy va iqtisodiy rivojlantirish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-467-son qarorini mazmun-mohiyati yuzasidan ham ma’ruza qildi. Qarorga ko‘ra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilganligi, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligi, Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari bo‘yicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni o‘tkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanishi, Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlash Prezidentning Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshirilishi, Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik, davlat va jamiyat qurilishi, jtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik, hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish, ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim o‘zgarishi, suv taqchilligi masalalari kabi yo‘nalishlarga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhlar tashkil qilinganligi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tuildi.