11/04/2025

2025- yil 1- aprel holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 35,7 mingtani tashkil etdi, shundan 29,2 mingtasi yoki 81,7 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. 2024- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,5 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 89,4 foiz miqdorida qayd etilgan.