11/04/2025

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning (tadbirkorlik subyektlari va kichik biznes subyektlarining) eng koʻp qismi “Savdo” tarmogʻida qolmoqda, ularning ulushi 2025- yil 1- aprel holatiga 33,8 foizni (40,9 foiz va 41,1 foiz) tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda “Sanoat” 16,3 % (19,7 % va 19,6 %), uchinchi o‘rinda “Qurilish” 5,9% (7,1 % va 7,1 %). Birgalikda ushbu uch turdagi faoliyat ularning umumiy sonining 50 % dan ortig'ini tashkil qiladi.