2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 29,5 mingta faol tijorat korxonalaridan 20,2 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etilgan bo‘lib, ular tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Shundan kelib chiqib, MChJlar mamlakatimizda biznes yuritishning eng keng tarqalgan shakli degan xulosaga kelishimiz mumkin.